Ha, agar tarifingiz shartlari ruxsat bersa, parvoz sanasini o‘zgartirishingiz mumkin.
Ayrim tariflar sanani bepul yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga o‘zgartirishga imkon beradi, boshqalari esa bunga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zgartirish aviakompaniyaning aloqa markazi orqali yoki chipta sotib olingan agentlik vositasida amalga oshiriladi.
Safar boshlanishidan oldin bu haqda batafsil ma’lumot olishni maslahat beramiz. Tariflar va ularni qo‘llash qoidalari haqida to‘liqroq ma’lumotni aviakompaniya veb-saytidan topishingiz mumkin: